Belgrad–2021: Jafarov JCH medalidan “quruq qoldi”
Sport
−
02 noyabr 2021 4702 1 daqiqa
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining chorak final bellashuvlariga start berildi.
Bugun, 2 noyabr kuni 75 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Saidjamshid Jafarov tailandlik Viparon Jongjoxoga qarshi ringga ko‘tarildi va alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradi. Hakamlarning qaroriga ko‘ra yarim finalga yo‘l olgan Jongjoxo esa JCH medalini naqd qildi. Bunga qadar buxorolik bokschi Ozarbayjon vakili Mirsharif Kazimzadeni taslim etgandi.
Eslatib o‘tamiz, 60 kg vazn toifasida Abdumalik Xalakov rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025