Belgrad-2021: o‘zbekistonlik ikki bokschi JCH finali uchun jang qiladi
Sport
−
04 noyabr 2021
4350Bugun 4 noyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining yarim final bellashuvlariga start beriladi.
Ushbu bosqichga ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi yetib keldi. 60 kg vazn toifasida Abdumalik Xalakov eronlik Daniyal Shohbahsh bilan “hisob-kitob” qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:55 dan so‘ng boshlanadi. 21 yoshli buxorolik bokschi avvalgi bosqichda rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi ringga ko‘tarilgan va g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olgan edi.
Shuningdek, 92 kg vazn toifasida Madiyor Saidrahimov kubalik 4 karra Jahon va 2 karra Olimpiada chempioni Xulio La Kruzga qarshi bahs olib boradi. Ikki bokschi Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida sparring raqib sifatida jang o‘tkazgan edi. Jang Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi. Saidrahimov avvalgi bosqichda anliyalik Lyuis Uilyamsni mag‘lubiyatga uchratib yarim finalga yo‘l olgandi.
Eslatib o‘tamiz, JCH yarim finalida O‘zbekiston terma jamoasidan 6 nafar bokschi ringga ko‘tarildi va ularning 4 nafari – Nodirjon Mirzahmedov (48 kg), Mujibillo Tursunov (63b5 kg), Saidjamshid Jafarov (75 kg) va Lazizbek Mullajonov (92 kg) musobaqani tark etdi.
Ma’lumot uchun, final janglari joriy yilning 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi