Belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi

Sport

image

Joriy yilning 24-27 noyabr kunlari Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog‘li kurash bo‘yicha ilk marotaba 2001-2003 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionatida o‘g‘il bolalar belbog‘li va erkin kurash yo‘nalishlarida 8 ta (52 kg, 62 kg, 68 kg, 75 kg, 82 kg, 90 kg, 100 kg, +100 kg), qizlar esa 6 ta vazn toifasida (48 kg, 52 kg, 58 kg, 66 kg, 76 kg, +76 kg) bahs olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan Jahon chempionati g‘oliblari 10 million so‘m, kumush medal sohiblari 7 million so‘m va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan kurashchilar 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘lishadi.

Belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionati Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jizzax viloyati hokimligi, Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi (WBWA), Xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasi (IBWA) va O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan dunyo birinchiligida 30 dan ortiq mamlakat terma jamoalari ishtirok etadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Jizzax Prezident sovrini Belbog'li kurash

Baholaganlar

4

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing