Belarusda taksichi dotsentdan ko‘proq maosh oladi
Olam
−
30 avgust 2019 6311 1 daqiqa
2020 yil 1 yanvardan boshlab Belarusda eng kam ish haqi Belarus Milliy bankining amaldagi kursi bo‘yicha 178,6 dollarni tashkil etadi. Bu haqda Vazirlar Kengashining 29 avgustdagi 582-sonli qarorida qayd etilgan, deya xabar bermoqda Regnum.
Belarus hukumati shu yilning 1 yanvardan boshlab eng kam oylik ish haqini 330 Belarus rubli miqdorida belgilagan bo‘lib, "eng kam ish haqi" miqdori 8,2 foizga o‘sgan, yangi yildan boshlab 13,6 foizga o‘sadi.
Hozirda Belarusda eng yaxshi ish haqi - bu davlat boshqaruvchilari, axborot texnologiyalari va havo transporti xodimlariniki hisoblanadi. Belorus universitetida fan doktori ilmiy darajasiga ega dotsentning ish haqi taksi haydovchisidan ikki baravar kam.
Live
Barchasi