Belarusda 523 kishi qo‘lga olindi

Olam

Belarusdagi namoyishlarda qatnashgan 523 kishi hibsga olingan va 352 kishi sudgacha vaqtincha saqlash hibsxonalariga joylashtirilgan. Bu haqda Belarus Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Olga Chemodanova ma’lum qildi.

"Kecha ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun 523 kishi hibsga olingan. Ma’muriy huquqbuzarliklar sudda ko‘rib chiqilishidan oldin 352 kishi vaqtincha saqlash hibsxonalariga joylashtirilgan", degan Ichki ishlar vazirligi vakili. 

Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 25 oktyabr kuni Belarusning turli aholi punktlarida umumiy hisobda 19 ta norozilik harakati qayd etilgan.

"Ichki ishlar vazirligi tartibni saqlash va ularni amalga oshirishda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi. Noqonuniy harakatlarni bostirish va politsiya xodimlariga qarshi hujumlarning oldini olish uchun maxsus vositalardan foydalanildi. Tartibsizlikning eng tajovuzkor ishtirokchilari hibsga olindi. Noqonuniy harakatlar bostirilishiga qarshi kurashda ikki nafar OMON xodimi jabr ko‘rdi", degan Chemodanova.

Uning ta’kidlashicha, norozilik namoyishlari barcha viloyat markazlarida o‘tkazilgan. 

Ma’lumot uchun, kecha, 25 oktyabr kuni "ultimatum" muddati tugagani munosabati bilan Minsk va Belarusning boshqa shaharlarida prezidentlik saylovlari natijalariga qarshilarning norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. 100 mingdan ortiq odam poytaxt ko‘chalariga chiqdi.

Avvalroq, Belarus Prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Belarusning amaldagi rahbariyatiga bir nechta talab qo‘ygandi. Ularga ko‘ra, Prezident Aleksandr Lukashenko iste’foga ketishi, barcha siyosiy mahkumlar ozod qilinishi va kuch tuzilmalari zo‘ravonliklari to‘xtatilishi kerak.

Ushbu talablarni bajarishga 25 oktyabrgacha muhlat berilgandi. Tixanovskaya ta’kidlaganidek, agar bu yuz bermasa, 26 oktyabrdan ommaviy ish tashlashlar va yo‘llarning to‘silishi boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing