Belarus yadroviy qurol uchun hozirlanyapti
Olam
−
15 aprel 2023
8434Belarus mamlakatga strategik yadro qurollarini joylashtirish uchun mavjud maydonlarni tayyorlamoqda. Bu haqda Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin ma’lum qildi.
“Agar kerak bo‘lsa, bizda ham strategik yadro qurollari bo‘ladi. Agar dushmanona ritorika davom etsa, bu keyingi qadam bo‘ladi. Biz kuchga faqat kuch bilan javob beramiz. G‘arbda buni boshqacha tushunishmaydi”, degan vazir Belarus poligonlaridan biriga tashrifi chog‘ida.
Vladimir Xrenin Belarusda joylashtiriladigan taktik yadro qurollaridan faqat Rossiya tomoni foydalanishi mumkinligi haqidagi bayonotlarga ham munosabat bildirgan.
“Biz yadro qurolini tashiy oladigan texnikalar, samolyotlar tayyorladik, yadro kallaklari bo‘lgan raketalardan foydalanishga qodir zamonaviy “Iskandar” majmuasini ham oldik. Kelgusi haftada Rossiyada tegishli bo‘linmaning tayyorgarlik jarayoni yakunlanadi va u ham o‘zimizga qaytadi” degan Belarus Mudofaa vaziri.
Xrenin Rossiya taktik yadro qurollarining Belarusda joylashtirilishi mamlakatga qarshi olib borilayotgan axborot urushi natijasi ekanini aytgan. Uning fikricha, taktik yadro qurolidan qo‘rqmaslik kerak. Chunki hech kim undan foydalanmaydi.
“Bu jiddiy strategik to‘siq omilidir. Ya’ni bu hali ham biz bilan kuchli pozitsiyadan gaplasha olamiz, deb o‘ylaydigan kasal boshlar uchun dori kabi bo‘ladi”, deydi Viktor Xrenin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin belaruslik mavqedoshi Aleksandr Lukashenkoning iltimosiga ko‘ra, Rossiyaning taktik yadro qurollari Belarusga joylashtirilishini ma’lum qilgandi. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu esa “Iskander-M” operativ-taktik raketa majmuasini Belarusga topshirganini aytgandi.
LiveBarchasi