Belarus vaksinasini yaratish bo‘yicha buyruq imzolandi 

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko 2021-2023 yillarda koronavirusga qarshi Belarus vaksinasini yaratish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berilgan.  

"1 aprel kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus sabab bo‘lgan infeksiyaga qarshi mahalliy vaksinani yaratish to‘g‘risida farmonni imzoladi", deyilgan xabarda. 

Hujjatda 2021-2023 yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Milliy Fanlar akademiyasi tomonidan preparatni yaratishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerakligi ko‘rsatilgan. 

Ijro etuvchi tashkilotlarni o‘z ichiga olgan holda, asosiy bosqichlar, mablag‘ manbalari, shuningdek, klinikagacha va klinik tekshiruvlar vaqti allaqachon aniqlangan. 

Ilmiy tashkilotlar barcha kerakli uskunalar va butlovchi qismlarni olishi ta’kidlangan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda 323 043 kishi koronavirus yuqtirgan, 2 257 nafar bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' vaktsina

Baholaganlar

12

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing