Belarus tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondan chiqib ketdi
Olam
−
14 yanvar 2022
3607Bugun, 14 yanvar kuni Belarus KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondagi ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarni himoya qilish bo‘yicha vazifalarni bajarib, Rossiya Aerokosmik kuchlarining 10 ta samolyotida respublikadan Minsk viloyatiga uchib ketdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Belarus Respublikasining KXSHT tinchlikparvar kuchlari bo‘lgan o‘nta samolyot Jetigen aerodromidan Minsk viloyatiga uchib ketdi”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Ma’lumot uchun, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tinchlikparvar kuchlari nomi ostida Rossiyaning 3000, Belarusning 500, Tojikistonning 200, Qirg‘izistonning 150, Armanistonning 100 nafar harbiysi Qozog‘istonga kiritilgan edi.
Kecha, 13 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining tinchlikparvar kontingenti Qozog‘istondan chiqishni boshladi. Ma’lum qilinishicha, KXSHT kuchlarining Qozog‘istonni tashlab chiqib ketishiga 10 kun ketadi.
Avvalroq, Armaniston KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondan o‘z vataniga uchib ketgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi