Belarus Polshaga neft o‘tkazishni cheklab qo‘ydi
Olam
−
18 noyabr 2021
4811Belarusning “Gomeltransneft” kompaniyasi kecha, 17 noyabr kuni boshlangan rejadan tashqari ta’mirlash ishlari tufayli “Drujba” quvuri orqali Polsha yo‘nalishi bo‘yicha neft o‘tkazishni uch kunga cheklab qo‘ydi. Bu haqda “Transneft” rasmiy vakili Igor Demin ma’lum qildi.
“Kechadan boshlab “Gomeltransneft” (Belarus) “Drujba” magistral neft quvurining tarmoqlaridan birida rejadan tashqari ta’mirlash ishlarini boshladi, bu esa Adamova Zastava (Polsha) yo‘nalishi bo‘yicha neft o‘tkazishni taxminan uch kunga cheklab qo‘ydi”, degan u.
“Drujba” neft quvuri Belarus neftni qayta ishlash zavodlariga neft yetkazib berish va uning Yevropaga tranzitini ta’minlaydi. Quvur Samara viloyatidan boshlanadi, Bryanskdan o‘tadi va keyin ikki qismga bo‘linadi: shimoliy va janubiy, Belarus, Ukraina, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Germaniya, Vengriya, Latviya, Litva orqali o‘tadi.
Kompaniya haqida
“Gomeltransneft Drujba” “Drujba” quvurining Rossiya qismidan G‘arbiy va Sharqiy Yevropaga neftni tashiydi, Belarus neft-kimyo sanoatini uglevodorodlar bilan ta’minlaydi va Belarus hududi orqali neft mahsulotlarini tashiydi.
Avvalroq, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevropada tabiiy gazni o‘chirib qo‘yish bilan po‘pisa qilgandi.
LiveBarchasi