Belarus Polsha vertolyoti chegarani buzganini da’vo qildi. Varshava buni rad etmoqda
Olam
−
29 Sentabr 2023
3774Kecha, 28 sentyabr kuni tushdan keyin Belarus Mudofaa vazirligi Polsha vertolyoti mamlakat havo hududini bir necha bor buzganini da’vo qildi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi saytida keltirilgan.
“Bugun soat 15:02 da Harbiy havo kuchlari va Havo mudofaasi kuchlarining radar aniqlash uskunalari Polsha samolyotining Belarus chegarasiga yaqinlashayotganini aniqladi. Taxminan 15:20 da samolyot Belarus chegarasini kesib o‘tib, bir yarim kilometrga masofani bosib o‘tdi”, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, soat 16:22 da vertolyot yana davlat chegarasini buzib o‘tib, 300 metr ichkariga harakatlangan.
“Yuqoridagilar ob’ektiv nazorat ma’lumotlari bilan tasdiqlangan. Shu munosabat bilan navbatdagi samolyotlar ko‘tarildi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Polsha Qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi matbuot kotibi Yasek Gorishevskiyning aytishicha, Varshava Minskdan olingan ma’lumotni rad etadi.
“Biz tomondan havo hududining buzilishi kuzatilmagan. Radar tizimlarimizdan buni tasdiqladik”, deydi u.
Belarus Tashqi ishlar vazirligi voqea yuzasidan Polshaning Belarusdagi muvaqqat ishlar vakili Martinu Voysexovskiyga keskin norozilik bildirilganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi