Belarus dronlarni seriyali ishlab chiqarmoqchi
Olam
−
27 fevral 2023
5726Belarus harbiy-sanoat kompleksi korxonalari uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlar) modernizatsiya qilish va ularni ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish ustida ishlamoqda. Bu haqda “Belta” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27 fevral kuni Davlat harbiy-sanoat qo‘mitasi raisi Dmitriy Pantus Prezident Aleksandr Lukashenko bilan harbiy mahsulotlar xaridini moliyalashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng mamlakatda yangi dronlar ishlab chiqarilishini ma’lum qilgan.
“Bugungi kunda bizning ishimiz ushbu turdagi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan. Albatta, alohida modellar ma’lum o‘zgarishlarga duchor bo‘lmoqda va modernizatsiya qilinmoqda”, degan Pantus.
Manbaga ko‘ra, uchrashuvda Lukashenko Belarusda zamonaviy zarba beruvchi dronlarni yanada yuqori darajada ishlab chiqarilishi ustida ishlash zarurligini ta’kidlagan. Dmitriy Pantusning ma’lum qilishicha, hozirga qadar Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda Belarusda huquq-tartibot idoralarini qurollantirish uchun ishlab chiqariladigan dronlarning o‘ziga xos turlari aniqlangan.
Shuningdek, fevral oyi boshida Harbiy sanoat davlat qo‘mitasi raisi 2023 yilda Belarus Qurolli kuchlari dronlarning ikkita yangi modelini olishini, ularning davlat sinovlari yakuniy bosqichda ekanini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda ikkita yangi dron modeli Belarus armiyasi xizmatiga qo‘shilgan.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi