Belgiyalik taniqli mutaxassis O‘FA texnik direktoriga aylandi
Sport
−
22 fevral
5294Kecha, 21 fevral kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida (O‘FA) texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon, belgiyalik taniqli mutaxassis Gi Kiala hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.
Belgiyalik mutaxassis Gi Kiala O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini aytib, ishonch uchun minnatdorlik bildirdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Gi Kiala o‘rtasida shartnoma imzolandi.
O‘FA rahbari oldinda turgan mas’uliyatli vazifalarni bajarishda mutaxassisga barcha sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qilib, omad tiladi.
Ma’lumot uchun, O‘FA texnik direktori Gi Kiala OFK va UEFA Pro litsenziyasiga ega, faoliyati davomida Belgiya, Buyuk Britaniya, BAA va Saudiya Arabistonida ishlagan. Murabbiy, skaut, texnik direktor va instruktor sifatida tajriba to‘plagan.