Belgiyada toshqin qurbonlari soni ortdi. Aholi elektr va suvsiz qolgan

Olam 2924
image

Avvalroq, Germaniyadagi toshqin natijasida qo‘shni Belgiyada ham qurbonlar borligi haqida xabar bergandik. Mamlakat rasmiylari 11 jasad topilgani haqida ma’lum qilgandi.  

Belgiyada toshqin qurbonlari soni 23 kishiga yetgan. Bu haqda “LeSoir” nashri xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, toshqin oqibatida mamlakatda 41 ming uy elektrsiz qolgan. Bundan tashqari, Lej, Namyur, Lyuksemburg provinsiyalarida suvdan foydalanish mumkin emas. 

Qutqaruvchilar qurbonlar soni ortishi ehtimoli borligidan ogohlantirmoqda. 

“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lganlarning aksariyati — 15 kishi Lej provinsiyasining Verve va Pipenster shaharlarida qayd etilgan. Umuman olganda, 23 kishining jasadi mamlakatning turli tumanlaridan topilgan”, deyilgan xabarda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada kuchli toshqindan halok bo‘lganlar soni 103 kishiga yetgan, 1300 dan ortiq kishi esa bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. 

Qayd etilishicha, qidiruv va tiklash ishlari davom etmoqda, ularga harbiylar jalb qilingan. O‘nlab turar joy binolari vayron bo‘lgan, ular suv ostida qolgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan. Poyezdlar harakati to‘xtatilgan, magistral yo‘llar to‘sib qo‘yilgan. Reyn kemalar o‘tishi uchun yopilgan.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 69
Reyting: 3.1
Teglar
t
×