Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Belgiyada 60 mingga yaqin odam Bosh vazirga qarshi namoyishga chiqdi

Olam

image

Kecha, 13 fevraldan boshlab Belgiya poytaxti Bryussel shahrida 60 mingga yaqin odam yangi Vazirlar Mahkamasi e’lon qilgan tejamkorlik siyosatiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda “La Libre” xabar berdi.

Qayd etilishicha, odamlar pensiya islohoti va davlat xarajatlarini qisqartirishga qarshi norozilik bildirgan.

Nashrga ko‘ra, namoyishchilar 10 kun oldin qasamyod qilgan yangi Bosh vazir Bart De Veverning tashabbusidan norozi.

“Byudjet taqchilligi oshib borayotgan bir sharoitda Vazirlar Mahkamasi rahbari Belgiya Yevropa Ittifoqi tomonidan ehtimoliy sanksiyalarga duch kelgani sababli, xarajatlarni, jumladan, ijtimoiy sohani cheklashga va’da berdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi pensiya yoshini oshirish va harbiy xizmatga taalluqli bo‘lgan majburiy ish stajini 11 yilga uzaytirishni rejalashtirgan.

Hukumat byudjetni qisqartirish orqali 2029 yilgacha 23 mlrd yevro tejashga umid qilmoqda. Bu esa kasaba uyushmalari va huquq himoyachilarining noroziligiga sabab bo‘lgan.

Hukumatga qarshi namoyishlarga o‘t o‘chiruvchilar va harbiylar qo‘shilgan. Bryusselning ayrim hududlarida namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 yanvar kuni Slovakiya bo‘ylab bir qancha shaharlarda Bosh vazir Robert Fitsoning siyosatiga qarshi namoyishlar o‘tkazilgandi. Mitinglarni “Ukraina uchun tinchlik” fuqarolik birlashmasi tashkil etgan. Ular Fitso harakatlarini tanqid qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish Bel'giya Bryussel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing