Bektenov Bosh vazir lavozimida qoldi

Olam

image

Qasim-Jomart To‘qayev Qurultoyning yalpi majlisida bosh vazir lavozimida Oljas Bektenovni qoldirishni taklif qildi va deputatlar taklif etilgan nomzodni ma’qulladi. Bu haqda Oqo‘rda xabar berdi.

Qayd jtilishicha, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev bugun, 31 avgust kuni Oljas Bektenovni bosh vazir lavozimida qoldirishni taklif qilgan.

Fraksiya yetakchilariga murojaat qilar ekan, Prezident Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasi 46-moddasiga muvofiq, Oljas Bektenovning bosh vazirlik lavozimiga nomzodi bo‘yicha ular bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi kerakligini ma’lum qilgan.

“Muhokamada “Adolat” partiyasi fraksiyasi rahbari Yerbol Adayev, “Oul” xalq-demokratik patriotik partiyasidan Qayrat Aytuganov, “Respublica” partiyasidan Aydarbek Xodjanazarov, “Oq yo‘l” demokratik partiyasidan Daniya Yespayeva va Umummilliy sotsial-demokratik partiyadan Ashat Rahimjanov ishtirok etdi”, deyiladi xabarda.

Deputatlar Oljas Bektenovning bosh vazirlik lavozimiga nomzodini yoqlab ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, Oljas Bektenov 2024 yil 6 fevralda Qozog‘iston bosh vaziri etib tayinlangan edi.

Hukumatning rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Oljas Abayevich Bektenov 1980 yilda Olmaotada tug‘ilgan. Qozog‘iston davlat yuridik akademiyasni “huquqshunos” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan (2001 yil).

Mehnat faoliyatini 2002 yilda Olmaota shahar Adliya boshqarmasida bo‘lim bosh mutaxassisi sifatida boshlagan.
2005–2006 yillarda — Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Devonining yuridik bo‘limi eksperti, bosh eksperti bo‘lib, 2006 yildan 2009 yilgacha Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlagan.

2009 yildan 2012 yilgacha Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Ro‘yxatga olish xizmati va huquqiy yordam ko‘rsatish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan.

2012–2014 yillarda Qozog‘iston Respublikasi Iqtisodiy va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi (moliya politsiyasi) markaziy apparatida departament boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Shuningdek:

2015–2016 yillarda — Ostona shahri hokimi apparati rahbari, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri.

2016–2017 yillarda — Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi (korrupsiyaga qarshi xizmat) Astana shahar departamenti rahbari.

2017 yildan 2018 yilgacha — Oqmo‘la viloyati hokimi o‘rinbosari.

2018 yildan 2019 yilgacha — Qozog‘iston Respublikasi Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi o‘rinbosari.

2019 yildan 2022 yilgacha — Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisining birinchi o‘rinbosari.

2022 yil fevralidan 2023 yil apreligacha — Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi.

2023 yil 3 aprelda davlat rahbarining farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari etib tayinlangan.

2024 yil 6 fevralda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangan.

II darajali “Aybin” (2014), II darajali “Daңq” (2021) ordenlari bilan mukofotlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing