Bektemir Meliqo‘ziyevning yangi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini 20 aprel kuni o‘tkazadi. Bu haqda uning menejeri Vadim Kornilov ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, o‘sha kuni Meliqo‘ziyevga kim raqiblik qilishi hozircha noma’lum. 27 yoshli charm qo‘lqop ustasi markaziy jangi Rayan Garsiya va Devin Xeyni o‘rtasida kechadigan turnir doirasida ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, ayni kunlarda Meliqo‘ziyev AQSHda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. U o‘z vazn toifasida WBA Intercontinental va WBO Intercontinental kamarlari sohibi hisoblanadi. Meliqo‘ziyev so‘nggi jangini 2023 yil oktyabr oyida Alantez Foksga qarshi o‘tkazib, to‘rtinchi raundda texnik nokaut orqali g‘alabaga erishgan. Uning hisobida jami 13 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bektemir Meliqo'ziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing