Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi avgust oyi boshida o‘tkaziladi. Bu haqda “Golden Boy” promoterlik kompaniyasining matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Meliqo‘ziyev joriy yilning 6 avgust kuni bosniyalik tajribali Sladan Yanyaninga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Yanyanin professional boksda 43 jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 32 tasida g‘alaba qozongan, 11 marta mag‘lubiyatga uchragan, 24 ta jangda muddatidan oldin g‘alaba qozongan. Meliqo‘ziyev esa 10 ta jangda ringga chiqib, 9 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev so‘nggi jangini 2022 yilning 19 martida perulik Devid Zegarraga qarshi o‘tkazib, ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir Meliqo'ziev

Baholaganlar

346

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing