Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini 20 aprel kuni o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Meliqo‘ziyev Rayan Garsiya - Devin Xeyni oqshomi doirasida ringga ko‘tariladi. Shu kuni 27 yoshli bokschi AQSHda fransiyalik Perre Xubert Dibombe bilan to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev shu vaqtga qadar profboksda 14 ta jang o‘tkazib, 13 tasida raqiblaridan ustun kelgan. 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Uning bo‘lajak raqibi 32 yoshli Dibombe esa profringda hali mag‘lubiyatga uchramagan. Uning hisobida 22 ta g‘alaba va 1 ta durang mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bektemir Meliqo'ziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing