Bekoboddagi MTMda davlatning mablag‘lari talon-taroj qilindi

Jamiyat

image

Bekobod tumanidagi 29-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida davlatning juda ko‘p miqdordagi mablag‘i talon-taroj qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Gap shundaki, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “D.B.S” MCHJ tomonidan Bekobod tumanidagi 29-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida shartnomada ko‘rsatilgan rekonstruksiya ishlari bajarilmagan bo‘lsada, “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Toshkent viloyati filiali tomonidan ushbu jamiyatga 2,4 mlrd so‘m o‘tkazib berilib, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

“D.B.S” MCHJ rahbari tomonidan o‘zlashtirilgan byudjet mablag‘lari hisobidan Chevrolet Laccetti rusumli avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan “D.B.S” MCHJ rahbari X.R., “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing