Bekobodda ommaviy janjal yuz berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida bir to‘da fuqarolar ishtirokida janjal yuz bergani haqida video tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 11 mart kuni taxminan soat 11:30 larda Bekobod tuman IIB Navbatchilik qismiga tuman “Qoraqo‘yli” MFY hududida 1991 y.t. F.M. o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan fuqaro Y.X. bilan kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgani haqida xabar kelib tushgan (ular orasida avvaldan oilaviy kelishmovchilik bo‘lgan).

Shundan so‘ng, fuqaro Y.X. tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan va voqea haqida ikki nafar o‘g‘liga xabar bergan. Shuningdek, fuqaro F.M. ham yaqinlariga xabar bergan.

Xabar yuzasidan yetib borgan IIB xodimlari shifoxona hovlisida 7 nafar fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli vaziyatni bartaraf etib, xizmat vazifasini bajargan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bekobod

Baholaganlar

992

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing