Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi pichoqlab o‘ldirildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisi boshqa voyaga yetmagan shaxslar bilan janjal oqibatida pichoqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 5 mart kuni Bekobod shahrida bir necha voyaga yetmagan shaxslar o‘rtasida og‘zaki janjal kelib chiqqan. Mojaro davomida ulardan biri oshxona pichog‘i bilan jabrlanuvchining o‘ng va chap ko‘krak qismlariga jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga olib borilgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jabrlanuvchiga pichoq bilan tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan voyaga yetmagan shaxs protsessual tartibda ushlangan.

“Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida 17 yoshli o‘smir o‘z tanishi bilan avvalroq o‘rtasida yuzaga kelgan nizo oqibatida janjallashib, xo‘jalik pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan holda qasddan o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bekobod pichoq Qasddan odam o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing