Bekobod shahri hokimi lavozimidan ketdi
Jamiyat
−
12 may 2022
12626Bugun, 12 may kuni Toshkent viloyati Bekobod shahri hokimi Zafar Fayzullayev o‘z lavozimidan ketdi. Bu haqda uning o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Hurmatli hamshaharlar, do‘stlar. Bugun mening Bekobod shahar hokimi sifatida vakolatim yakuniga yetdi.
Bu buyuk shaharga rahbar etib tayinlaganlari uchun hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga cheksiz hurmatimni va minnatdorligimni bildiraman. Shu 5 yil davomida hurmatli Prezidentimiz doim o‘z mehrlarini Bekobod shahriga va uning mehnatkash aholisiga bildirib keldilar. Qilingan ishlarni sanab chiqsak, qog‘ozlar tom-tom bo‘lib ketadi.
Men barcha bekobodliklarga hurmatimni bildirib, ularning hayotlarida omad va saodat tilayman.
Men ham qo‘limdan kelgancha sizlar bilan ishlab, yashab, shu yerning suvini ichib, havosidan nafas olib, tuzini yeb, faoliyat ko‘rsatdim. Barchangizga sihat-salomatlik, omad tilayman. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarim uchun sizlardan uzr so‘rayman. Xayr!”, deb yozgan Bekobod shahri hokimi Zafar Fayzullayev.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Zafar Fayzullayev Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlanishi kutilyapti.
LiveBarchasi