Bekaboddagi bog‘chada 11 bola ovqatdan zaharlandi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2019
5048Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan Maktabgacha ta’lim tashkilotida 11 bola ovqatdan zaharlandi. Voqea bugun, 27 sentyabr kuni sodir bo‘lgan.
Gap shundaki, soat 09:30 da Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachilari 2 nafar tarbiyalanuvchi o‘zini noxush his qilayotganini sezishgan.
Zudlik bilan bolalar mutaxassis shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tibbiy tekshiruv davomida, ularga ovqatdan zaharlanish to‘g‘risidagi dastlabki tashxis kuyilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida, muassasaning qolgan barcha tarbiyalanuvchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv mobaynida yana 9 nafar bolada ovqatdan zaharlanish ehtimoli aniqlangan. Ayni paytda ular shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Hozirgi vaqtda bolalarning ahvoli qoniqarli, vaziyat shifokorlarning qat’iy nazorati ostida.
Mazkur holat buyicha ichki ishlar va prokuratura idoralari tomonidan tegishli teshiruv ishlari olib borilmokda.
LiveBarchasi