“Bek baraka” bozorida IIB xodimi keksa ayolga kuch ishlatdimi? Rasmiy izoh berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Bek baraka” bozorida Ichki ishlar xodimlari keksa ayolga kuch ishlatib, buyumlarini olib qo‘ygani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 20 yanvar kuni Zangiota tumani “Bek baraka” savdo majmuasi hududida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, savdo majmuasi oldidan o‘tgan, avtomobillar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lning qatnov qismida va piyodalar o‘tish yo‘lagida, bir necha fuqaro yoyma savdo tashkil qilgan. Oqibatda yo‘lda tirbandliklar yuzaga kelgan. Shuningdek, piyodalar yo‘lagida ham savdo qilinishi yo‘ldan o‘tuvchilarga noqulaylik tug‘dirgan.

Ushbu sotuvchilarga bozor ichkarisidan joy ajratib berilgan bo‘lsada, yo‘l yoqasida ishlash davomli bo‘lgani uchun hududdan harakatlanuvchi haydovchilar, piyodalar va bozor ma’muriyati tomonidan tegishli tashkilotlarga bir qancha murojaatlar kelib tushgan.

Muojaatlar yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida bozor ma’muriyati va yoyma savdo bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida o‘zaro tortishuv kelib chiqqan. Shundan so‘ng, voqea joyiga IIB xodimlari jalb etilgan.

Xizmat faoliyati davomida odamlarni tinchlantirish, tartibni saqlashga keskin qarshilik qilib, janjal ko‘targan ayolning buyumlari va o‘zi IIBga olib borilgan.

“Hech kimga nisbatan tan jarohati yoki noqonuniy, qo‘pol xatti-harakatlar qilinmagan. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi yuzasidan batafsil axborot beriladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

janjal “Bek baraka”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing