“Bek baraka” bozori ham 3 kunga yopildi
Jamiyat
−
10 Yanvar 2023 12845 1 daqiqa
Bugun, 10 yanvardan “Bek baraka” savdo kompleksining ish faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Zangiota tumani hududida joylashgan ushbu bozor noqulay ob-havo sharoiti tufayli 3 kun muddatga yopilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Abu Saxiy” savdo markazi ham tadbirkorlar va xaridorlar uchun o‘z ish faoliyatini 3 kun muddatga to‘xtatgani xabar qilingandi.
Shuningdek, Toshkentda joylashgan “Chilonzor buyum savdo kompleksi” hududidagi savdo rastasi tom qismidagi soyabonlar qalin qor sababli qulab tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr