Behzod Musayev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Behzod Musayev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarornit imzoladi. 

Ushbu hujjat bilan Bosh vazirga yangi vazifalar yuklatildi, uning o‘rinbosarlari o‘rtasida ham vazifalar qayta taqsimlandi.
 
Ijtimoiy sohaning ahamiyati ortib borayotgani bois Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. Bu lavozimga shu kungacha Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelgan Behzod Musayev tayinlandi.

Musayev Davlat soliq qo‘mita raisi lavozimida 2018 yilning dekabr oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi. U 2018 yilning martidan raisning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Behzod Musayev 1973 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Behzod Musaev

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing