Behzod Musayev Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishi kutilyapti

Jamiyat

image

Davlat soliq qo‘mitasining raisi Behzod Musayev O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga o‘rinbosar etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga shu paytgacha Davlat Soliq qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat olib borgan Behzod Anvarovich Musayev nomzodini ma’qulladi.

Ma’lumot uchun, Behzod Musayev DSQ raisi lavozimiga 2018 yilning dekabr oyida tayinlangandi. Rais etib tayinlangunga qadar Musayev birinchi o‘rinbosar vazifasini bajargan.


Maqola muallifi

Teglar

DSQ Behzod Musaev

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing