BBC yolg‘on xabar uchun Poroshenkodan kechirim so‘radi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning BBC korporatsiyasi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkodan uzr so‘radi va noto‘g‘ri xabar tarqatgani uchun kompensatsiya to‘lashga rozilik bildirdi.

Gap Poroshenkoning AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi to‘g‘risidagi xabar haqida boryapti. BBC 2017 yilning iyun oyida Poroshenko Tramp bilan uchrashuv vaqtini uzaytirish uchun 400 ming dollar bergani haqida xabar tarqatgan. Unda pullar Trampning sobiq advokati Maykl Koen hisobiga o‘tkazilgani aytilgan.

Biroq uchrashuv vaqtini cho‘zish uchun pul to‘langani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi. Ish London Oliy sudida ko‘rib chiqildi. Sud eshituvchida BBC vakillari ham ishtirok etdi.

“Biz janob Poroshenkodan kechirim so‘raymiz va yetkazilgan zarar, sud harajatlarini qoplashga tayyormiz”, deyiladi BBC xabarida.

Ma’lumot uchun, Poroshenko va Tramp uchrashuvi to‘g‘risidagi xabar o‘tgan yilning may oyida e’lon qilingandi. Hozirda u BBC ma’lumotlar bazasidan o‘chirib tashlangan.


Maqola muallifi

Teglar

BBC Pyotr Poroshenko

Baholaganlar

68

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing