“Bayer” “Arsenal” futbolchisini transfer qildi

Sport

image

Germaniyaning “Bayer 04” klubi rasman “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jakani transfer qildi. Bu haqda “Bundesliga” xabar berdi

Manbaga ko‘ra, kecha, 6 iyul kuni Leverkuzenning “Bayer 04” klubi Shveysariya terma jamoasi a’zosi va “Arsenal” yarim himoyachisi bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan 5 yillik shartnoma imzolagan. Bitim shartlariga asosan, 30 yoshli shveysariyalik uchun “kanonirlar” 25 million yevro oladi.

Ma’lumot uchun, Granit “Arsenal”ga Myonxengladbaxning “Borussiya”sidan 40 million yevro evaziga o‘tgandi. Shveysariyalik futbolchi 7 yil davomida “Arsenal” tarkibida 297 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, o‘tgan 2022/2023 yilgi mavsumda “Arsenal” safida barcha turnirlardan umumiy 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u “Arsenal” bilan ikkita Angliya Kubogi va ikkita Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Tarkibida Jaka bo‘lgan “kanonirlar” 2022/2023 yilgi mavsumni Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, uning yangi jamoasi Bundesligada oltinchi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Granit Jaka Bayer 04

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing