Bayrutdagi portda nima portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbonlar soni 70 dan oshdi
Olam
−
05 avgust 2020
33208Xabiringiz bor, kecha, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda port hududida vayronkor portlash yuz berdi. Uning ko‘lam shu qadar ulkan ediki, guvohlar portlashni atom bombasiga qiyosladi. Seysmologlar esa portlash 4,5 ball zilzila bilan teng kuchda bo‘lganini aytdi.
Portlashdan hozirgacha 78 kishi halok bo‘ldi, 4 mingdan ortiq odam jarohatlandi. Livan barcha jabrlanganlarni davolay olmasligini aytib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va qo‘shni davlatlardan yordam so‘radi.
Livan Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, portda ammiakli selitra portlagan.
Al Mayadeen telekanali kuch ishlatish tizimidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, "to‘qqiz yil avval kemalardan biridan musodara qilingan hamda qayta ishlash yoki yo‘q qilish uchun portdagi omborda saqlangan portlovchi moddalar portlagan.
Portlash bilan bog‘liq yana bir taxmin portda pirotexnika vositalari portlagan. Ammo fojianing ko‘lami va vayronkorligini hisobga olganda birgina pirotexnika bunday falokatga sabab bo‘lishi imkonsizdek ko‘rinyapti.
Voqealar rivojini kuzatamiz.
LiveBarchasi