Bayrutdagi portlash dunyoda neft narxiga ta’sir qildi

Olam

image

Brent markali neft narxi joriy yilning 6 martidan keyin ilk bor barreliga 45 dollardan oshdi. 

Shimoliy dengiz neft markasi Brent narxi 1,46 foizga o‘sib, bir barreli 45,08 dollarga yetgan. Shartnomalar oktyabr oyida yetkazib berish uchun tuzilgan.

WTI markali neftning narxi sentyabr oyi uchun tuzilgan shartnomalarida 1,51 foizga oshib, barreliga 42,33 dollarga yetgan.

Ma’lumot uchun, neft narxlari mart oyidan boshlab koronavirus pandemiyasi fonida tusha boshlagandi. Narxlar pasayishini OPEC+ kelishuvi ham to‘xtatib qololmadi. Apreldan boshlab neft narxi o‘zini biroz tikladi, ammo pandemiyadan avvalgi darajasiga ko‘tarila olmadi.

Hozir neft narxining ko‘tarilishiga Livan poytaxti Bayrutdagi portlash ta’sir qilyapti. Neft sotib oluvchilar Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashib ketishidan havotirga tushib qolgan. Mintaqada vaziyat yomonlashsa, neft yetkazib berishda muammolar bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni Bayrut shahrida bandargoh hududida yirik portlash yuz berdi. Portlashga bir necha yil avval musodara qilingan va omborda saqlangan ammiakli selitra sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hozirgacha 80 yaqin odam halok bo‘ldi. 4 mingdan ziyodi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

neft' Bayrut fojiasi

Baholaganlar

240

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing