Bayrutdagi AQSH elchixonasiga hujum uyushtirildi

Olam

image

AQSHning Bayrutdagi elchixonasi binosiga shaxsi hali aniqlanmagan odamlar tomonidan o‘q uzildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun poytaxt shimolida joylashgan Bayrutdagi AQSH elchixonasi binosiga qurolli hujum uyushtirilgan.
Otishma natijasida bir nechta o‘q binoning asosiy darvozasi va uning oldidagi mashinalarga tekkan.

Hujumda qanday qurol ishlatilgani, qurbonlar yoki yaradorlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.
Elchixona hozircha hujum yuzasidan bayonot bermagan.

E’tiborlisi, bu voqea 1984 yil 20 sentyabrda AQSH elchixonasiga bomba o‘rnatilgan avtomobil hujumining 39 yilligiga to‘g‘ri kelgan.
O‘shanda jangarilar Bayrut xalqaro aeroporti yonidagi Xalde shahridagi dengiz piyodalarining shtabiga hujum qilishgandi.

Portlovchi moddalar ortilgan yuk mashinasi to‘siqni buzib o‘tib, harbiy kazarma tomon yo‘l olgan. Natijada 241 piyoda askar halok bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livanda ikkita elektr stansiyasi faoliyati to‘xtatilganidan keyin butun mamlakat “svet”siz qolgandi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qurolli hujum AQSh elchixonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing