Bayrutda yana portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 9 oktyabr kuni Livan poytaxti Bayrut g‘arbidagi odamlar yashaydigan Tariq al-Jadida tumanida neft mahsulotlari saqlanadigan omborda portlash yuz berdi. Bu haqda  LBC telekanali xabar berdi.

Hodisada bir nechta bino zarar ko‘rgan, evakuatsiya ishlari olib borilgan. Hodisada “Qizil xoch” ma’lumotiga ko‘ra, 4 kishi halok bo‘lgan. “Naharnet” agentligi 20 kishi jabrlanganini ma’lum qilgan, ularning orasida bolalar ham bor. Jabrlanganlar poytaxtdagi turli shifoxonalarga olib borilgan.

Portlash kuchli yong‘inga sabab bo‘lgan. LBC ma’lumotiga ko‘ra, omborda mazut emas, benzin saqlangan. Huquqni muhofaza qilish idoralari yonilg‘ining egasini qo‘lga olgan. U benzinni shaxsiy ehtiyoji uchun saqlaganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 avgust kuni Bayrut bandargohida yirik portlash yuz bergandi. Fojiada 190 dan ortiq odam vafot etgan. 6 mingdan ortiq odam jarohatlangan.

Portda bir necha yildan beri saqlab kelinayotgan ammiak moddasi portlagani aytildi. Portlash kuchi 4 balli zilzilaga tenglashtirildi. Texnogen ofat natijasida 300 mingdan ortiq odam boshpanasiz qoldi. Fojia zarari 15 mlrd dollarga baholandi.

Portlashdan keyin boshlangan namoyishlar ortidan Livan Hukumati iste’foga chiqdi.

Oradan bir oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, 10 sentyabr kuni bandargoh hududida yirik yong‘in yuz berdi. Yong‘in dengiz porti hududida joylashgan avtomobil shinalari va yoqilg‘i-moylash materiallari omborida boshlangani aytildi.

Keyinroq Livan Prezidenti Mishel Aun Xavfsizlik bo‘yicha Oliy kengash yig‘ilishida yong‘in sababiga to‘xtalib, bu baxtsiz hodisa emas, qasddan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in portlash Bayrut

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing