Bayrutda dahshatli portlash yuz berdi

Olam

Bugun, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda portda yirik portlash yuz berdi. Portlash kuchi sababli yaqin atrofdagi va undan bir necha kilometr uzoqdagi bino hamda uylarning oynalari sinib ketgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda portlash vaqtida guvohlar tasvirga olgan videolar tarqalmoqda. Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib borgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash pirotexnika vostilari saqlanadigan ombordagi yong‘in sabab sodir bo‘lgan. Hozircha 6 qurbon ma’lum.

Portlash judayam kuchli bo‘lganidan uning ovozi 250 km uzoqlikdagi Kiprga ham eshitilgan. Bayrut Gubernatori portlashni Xirosima va nagasakidagi yadro bombasi portlashiga qiyoslagan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Bayrut

Baholaganlar

834

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing