Bayrut portidagi yirik yong‘inning taxminiy sabablari aytildi

Olam

image

Avvalroq, Livan poytaxti Bayrut portida yirik yong‘in boshlangani haqida xabar bergan edik. Bandargohdagi yong‘in avtomobil shinalari va yoqilg‘i-moylash materiallari omborxonasida boshlangandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in hamon o‘chirilmagan. Bandargohdagi yong‘in qasddan o‘t qo‘yish natijasida yuz bergan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinyapti. Bu haqda Livan Prezidenti Mishel Aun Xavfsizlik bo‘yicha Oliy kengash yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Bugun sodir bo‘lgan yong‘in qasddan qilingan yoki texnik xato, beparvolik va ehtiborsizlik oqibati bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham sababini aniqlab, aybdorlarni jazolash kerak”, degan Aun.

Avvalroq, Mehnat vaziri Mishel Najar yong‘inga ta’mirlash ishlari vaqtidagi ehtiyotsizlik sabab bo‘lgani ehtimoldan holi emasligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 avgust kuni Bayrut bandargohida yirik portlash yuz bergandi. Natijada portdeyarli butkut vayronaga aylangan. Fojiada 200 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Portlash kuchi ta’sirida shaharning yarimi zarar ko‘rdi. Fojia epimarkaziga yaqin hududlarda binolar vayronaga aylandi va 300 mingdan ko‘p odam boshpanasiz qoldi.

Livan Prezidenti Mishel Aunning aytishicha, portdagi omborda 2 750 tonna portlovchi ammiakli selitra saqlangan. 

Bosh vazir Hasan Diab 5 avgustni “Milliy motam kuni” deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Bayrut

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made