Bayrut bandargohidagi portlash bo‘yicha Livan sobiq Bosh vaziriga ayblov e’lon qilindi

Olam

image
Bayrutdagi portlashdan keyin Livan aholisi ocharchilikka duchor bo‘lishi mumkin north_east

Bayrutdagi portlashdan keyin Livan aholisi ocharchilikka duchor bo‘lishi mumkin

Livan poytaxti Bayrutdagi portda joriy yilning 4 avgust kuni yuz bergan dahshatli portlashni surishtirayotgan prokuror mamlakatning sobiq Bosh vaziri Hasan Diab va yana uch nafar sobiq vazirga ayblov e’lon qildi. Bu haqda "Associated Press" xabar berdi.

Ushbu to‘rtlik maxfiy ravishda olib borilayotgan surishtiruv ishlari natijasida ayblov e’lon qilinganlar orasidagi eng yuqori martabali shaxslar hisoblanadi.

Sudya Fadi Savvan sobiq Hukumat rahbaridan tashqari, sobiq Moliya vaziri Ali Hasan Halil, Jamoat ishlari vazirlari G‘ozi Zaytar va Yusef Fenianosga ham ayblov e’lon qilgan.

Ushbu to‘rt kishi ehtiyotsizlik va mansab vazifasiga sovuqqonlik bilan qarashda ayblanyapti. Ularning ehtiyotsizligi natijasida Bayrutdagi portlashda 200 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 avgust kuni Bayrut bandargohida yirik portlash yuz bergandi. Fojiada 6 mingdan ortiq odam jarohatlangan.

Portda bir necha yildan beri saqlab kelinayotgan ammiak moddasi portlagan. Portlash kuchi 4 balli zilzilaga tenglashtirilgan. Texnogen ofat natijasida 300 mingdan ortiq odam boshpanasiz qoldi. Fojia zarari 15 mlrd dollarga baholandi.

Portlashdan keyin boshlangan namoyishlar ortidan Livan Hukumati iste’foga chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Livan Bayrut

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing