Bayrutdagi portlashdan keyin Livan aholisi ocharchilikka duchor bo‘lishi mumkin
Olam
−
31 avgust 2020
6559Joriy yil oxiriga borib Livan aholisining yarmi oziq-ovqat yetishmasligidan aziyat cheka boshlaydi. Bu haqda BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hisobotida aytilgan.
Qayd etilishicha, Livan o‘z aholisi ehtiyojini qondirish uchun oziq-ovqat mahsulotlarining katta qismini import qiladi. Mamlakatning asosiy logistika nuqtasi bo‘lgan poytaxt Bayrutdagi portning yirik portlash natijasida vayron bo‘lishi, milliy valyuta – oivan funtining 78 foizga qadrsizlanishi va koronavirusga qarshi kurash mahsulot import qilishni qiyinlashtirdi. Mamlakatda kambag‘allik va ishsizlik darajasi oshdi.
2020 yilda inflyatsiya darajasi 50 foiz bo‘lishi kutilyapti. Vaholanki, 2019 yilda atigi 2,9 foiz bo‘lgan. 2020 yil iyulda oziq-ovqat mahsulotining o‘rtacha narxi 2019 yil iblga nisbatan 141 foizga o‘sgan.
G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya ijrochi kotibi Rola Dashti Livan Hukumatini portdagi elevatorlarni va dori omborini tiklashga chaqirgan. Bu ikkisi oziq-ovqat xavfsizligi va dori-darmonni uzluksiz yetkazib berish uchun muhim hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni poytaxt Bayrutdagi port yaqinidagi kuchli portlash sodir bo‘ldi. Natijada 182 kishi halok bo‘ldi va kamida olti ming kishi jarohat oldi. Portlash mamlakatga 15 mlrd dollar zarar keltirdi.
Livan Prezidenti Mishel Aunning aytishicha, portdagi omborda 2 750 tonna portlovchi ammiakli selitra saqlangan.
Bosh vazir Hasan Diab 5 avgustni “Milliy motam kuni” deb e’lon qildi.
LiveBarchasi