Baydenning uyi o‘q o‘tkazmaydigan qilinadi
Olam
−
27 may 2023
5560AQSH Maxfiy xizmati Prezidenti Jo Baydenning uyini o‘q o‘tkazmaydigan qilib qo‘yish ustida ishlamoqda. Bu haqda kecha, 26 may kuni AQSH ma’muriyati rahbari Vashingtondan Kemp Deviddagi (Merilend) qarorgohiga uchishidan oldin jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Kemp Devidga borishimga sabab Maxfiy xizmat hozir mening uyim ustida ish olib bormoqda, ular uyni o‘q o‘tkazmaydigan qilib qo‘ymoqchi. Shuning uchun uyga bormayman. Ular menga besh hafta ichida qaytib kela olmasligimni aytishdi. Men Kemp Devidga ketyapman, chunki yakshanba kuni nevaramning bitiruv oqshomi bo‘lib o‘tadi”, degan Bayden.
Amerika yetakchisi gap qanday uy haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Bayden ko‘pincha dam olish kunlarini Delaverda o‘tkazadi, u yerda oilasining bir nechta uyi bor.
Ma’lumot uchun, AQSH Maxfiy xizmati davlatning birinchi shaxslarini himoya qilish uchun javobgardir. Joriy yilning aprel oyida Bayden Maxfiy xizmati uning Delaver shtati Uilmington shahridagi uyiga o‘q o‘tkazmaydigan derazalar o‘rnatishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi