Baydenning o‘g‘li davlat idorasidan pul undirmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden shaxsiy daxlsizlik huquqini buzgani uchun AQSH Ichki daromad xizmati (IRS) ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Hanter Baydenning sudga da’vo qilishiga IRS xodimlari Geri Shepli va Jozef Ziglerning xatti-harakatlari sabab bo‘lgan – ular bir qator ommaviy chiqishlar qilgan. Prezident o‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, idora “bila turib, qasddan” da’vogarning shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlaydigan “ma’muriy, texnik yoki jismoniy chora-tadbirlar”ni ko‘rmagan.

Kichik Bayden hozirda uning roziligisiz shaxsiy ma’lumotlari oshkor qilingan har bir holat uchun Ichki daromad xizmatidan ming dollardan undirmoqchi. Ushbu holatlarning umumiy miqdori va soni oshkor etilmagan.
Ma’lumot uchun, IRS – Amerika Qo‘shma Shtatlari Federal Hukumatining soliqlarni yig‘ish va soliq qonunlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi davlat organi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Hanter Bayden giyohvand moddalarni iste’mol qilgan holda qurol sotib olish va saqlash bilan bog‘liq uchta ayblov bo‘yicha 25 yilgacha qamalishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Hanter Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing