Baydenning salomatligida muammo aniqlandi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden joriy yilning 9 may kuni Filadelfiya shahridagi shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va uning sog‘lig‘ida bir necha kichik muammolar borligi aniqlandi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shifokorlar Baydenning prostata bezida kichik o‘simta (tuguncha) aniqlagan. Nashrning ta’kidlashicha, Bayden 82 yoshda va bu yoshdagi erkaklarda prostata beziga oid muammolar tez-tez uchraydi.

Qolaversa, Baydenning chap qo‘lida tanga kattaligidagi, qora-ko‘k dog‘ ham paydo bo‘lgan. Nashrning yozishicha, bu narsa Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’da ham vafotidan oldin kuzatilgan.

“Dog‘ qisman makiyaj bilan berkitilgan bo‘lsada, u sog‘liq bilan bog‘liq xavotirlarni keltirib chiqardi. Bu joy in’eksiya yoki qon tomirga bog‘liq muolaja izlari bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Bayden yaqinda bergan bayonotida o‘z yutuqlari bilan faxrlanib, “sobiq prezident Barak Obama ham menga havas qilgan bo‘lardi”, degan edi. Baydenga ko‘ra, uning salomatligi juda ham yaxshi va unda hech qanday muammo kuzatilmayapti.

Eslatib o‘tamiz,  Jo Bayden prezidentlik davrida "Obstruktiv uyqu apnoe sindromi", ya’ni tungi dam olish vaqtida nafas olishning keskin kamayishi yoki to‘liq to‘xtashi bilan bog‘liq keng tarqalgan patologiya, umurtqa artrit, giperlipidemiya va oshqozon-ichak trakti, gastroezofagial reflyuks kabi kasalliklarga chalingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Filadel'fiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing