Baydenning reytingi tushmoqda 

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Baydenning reytingi, u hokimiyatga kelgan birinchi kunidan beri 2 foizga pasaygan. Bu haqda "Hill" gazetasi xabar bergan. 

Tegishli so‘rovnoma nashr tomonidan Xarris tadqiqot xizmati bilan birgalikda 28-29 yanvar kunlari o‘tkazilgan. 

Uning natijalariga ko‘ra, respondentlarning 61 foizi Baydenning davlat rahbari sifatidagi ishini ma’qullagan. 

21-22 yanvar kunlari o‘tkazilgan so‘rov davomida esa respondentlarning 63 foizi Baydenning faoliyati haqida ijobiy fikr bildirgan edi. 

So‘rov natijalariga ko‘ra, Respublikachilar partiyasi saylovchilari orasida Demokrat Baydenni ma’qullash darajasi 30 foizdan 24 foizgacha pasaygani aniqlangan. 

Demokratlar tarafdorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanish bir xil darajada qolgan, ya’ni 94 foiz. 

Ma’lumot o‘rnida, so‘rov ro‘yxatdan o‘tgan 945 nafar saylovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan. 

Demokrat Jo Bayden 20 yanvardan AQSH Prezidenti lavozimini egallab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing