Baydenning rafiqasi va Tryudo kutilmaganda Ukrainaga bordi
Olam
−
09 may 2022
7557Kecha, 8 may kuni AQSH Prezidentining rafiqasi Jill Bayden va Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga bordi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Telegram kanalida e’lon qilingan.
Ta’kidlanishicha, Jill Bayden Ujgorod shahriga tashrif buyurgan va u yerda Ukraina Prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan uchrashgan. Birinchi xonimlar uylarini tark etishga majbur bo‘lgan ukrainaliklar joylashgan mahalliy maktablardan biriga tashrif buyurgan.
Shuningdek, 8 may kuni Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Ukrainaga borgan. Kanada hukumati rahbari Irpen shahriga tashrif buyurgan. Shahar merining so‘zlariga ko‘ra, Tryudo ko‘rgan narsasidan — harbiy ob’ektlar emas, turar-joy binolari yoqib yuborilib, vayron qilinganidan hayratda qolgan. Kun yakunida Tryudo Zelenskiy bilan uchrashgan.
Qayd etilishicha, Ukrainaga Tryudo va Bayden xonimdan tashqari Germaniya va Norvegiya parlamentlari rahbarlari Berbel Bas va Masud Garaxanilar yetib kelgan. Zelenskiy ular bilan uchrashuv o‘tkazganini Telegram kanalida e’lon qilib, parlament raislariga ham Kiyevga tashrifi, ham ularning mamlakatlari urush paytida ko‘rsatayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirgan.
LiveBarchasi