Baydenning oilasi uni prezidentlik uchun kurashni davom ettirishga undadi

Olam

image

Oq uy rahbari Jo Bayden kecha, 30 iyun kuni Vashington yaqinida joylashgan Kemp-Deviddagi qarorgohida oilaviy uchrashuvda qatnashdi. Oila a’zolar Baydenga prezidentlik poygasida kurashni davom ettirish borasida maslahatlar berishgan. Bu haqda “ABC News” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Prezident uchrashuvni birinchi xonim Jill Bayden, farzandlari va nabiralari bilan birga o‘tkazgan. 

“Bu Demokratik partiyaning bo‘lajak milliy qurultoyida fotograf Enni Leybovits muallifligida Bayden bilan suratga tushish uchun Merilend shtatidagi prezidentlik qarorgohiga oldindan rejalashtirilgan sayohat edi”, deya yozgan “ABC News”

Baydenlar oilasi uning Trampga qarshi debatda juda achinarli javoblar bilan ishtirokiga qaramay, uni Respublikachilarning nomzodini yengish uchun eng yaxshi nomzod deb o‘ylashda davom etmoqdalar. Ular, shuningdek, 81 yoshli Baydenni yana to‘rt yil davomida prezident vazifasini bajarishga qodir deb hisoblashadi.

Bundan tashqari, Baydenning vakolatini davom ettirishiga yaqin do‘stlari hamda partiyadoshlari ham ishonch bildirishgan. Bayden jamoasi vakillari debatlar ko‘ngildagidek o‘tmaganini inkor etmaydi, ammo u o‘z joyini boshqa nomzodga bo‘shatib bermasligini ta’kidlagan.

“Men Jo Baydenning keyingi to‘rt yil davomida ham prezidentlik kursisini egallashiga to‘sqinlik qiladigan unda qanaqadir muammo borligiga ishonmayman. U poygani davom ettirishi kerak”, degan yaqin partiyadoshlaridan biri Jeyms Klibern.

Sobiq prezident va Jo Baydenning yaqin do‘sti Barak Obama esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “ba’zida yomon debatlar ham bo‘lib turishi” haqida yozgan.

Ma’lumot uchun, Bayden bugun, 1 iyul kuni Oq uyga qaytadi. Boshqa tadbirlar qatorida Prezidentning Demokratik partiya vakillari bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden yosh bo‘lmasa ham prezidentlik vazifasini bajara olishini bildirgandi. Shuningdek, AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris demokratlarning saylovoldi birinchi bahsidan keyin Oq uy rahbarining yomon ishlashi haqidagi xavotirlarini yo‘q qilishga urindi. Shu bilan birga, amaldagi Prezidentning rafiqasi, singlisi, do‘sti va bir nechta maslahatchilari uni noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida o‘z nomzodini olib tashlashga rozi qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Barak Obama Jo Bayden oilaviy uchrashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing