Baydenga tahdid qilgan fuqaro otib o‘ldirildi

Olam

image

AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) xodimlari Prezident Jo Baydenga tahdid qilgan Yuta shtatida yashovchi fuqaro Kreyg Robertsonni otib o‘ldirdi. Bu haqda razvedka xizmatidagi manbalarga tayanib, “ABC News” xabar berdi.

Robertson Prezident va boshqa AQSH rasmiylariga qarshi tahdidli postlar bo‘yicha tergov bilan bog‘liq reyd paytida o‘ldirilgan. Manbalardan biri tekshiruv joriy yilning aprel oyida boshlanganini aytgan. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi internetda Prezidentga nisbatan “jismoniy choralar” qo‘llanilishini istisno etmasligi haqidagi postlarini e’lon qilgan. FQB uning tahdidlarini “ishonchli” deb topgan.

Kreyg Robertson Prezident hayotiga xavf solish va huquq-tartibot idoralari xodimlariga tahdidlar orqali ta’sir o‘tkazish kabi uchta moddada ayblangan.

FQB hujjatlariga ko‘ra, tergov uchun sabablardan biri 6 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan post bo‘lgan. Unda Robertson Prezident Bayden shtatga kelishidan oldin “eski kamuflyaj kostyumini olgani va M24 snayper miltig‘ining changini artayotganini” yozgan.

Aytilishicha, Robertsonning uyiga reyd o‘tkazilishi kerak bo‘lgan kuni Bayden Yutaga borishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ayblanuvchi vitse-prezident Kamola Xarris va sobiq prezident Donald Trampga qarshi jinoyat ishini tergov qilishda ishtirok etgan shaxslarga ham o‘ldirish bilan tahdid qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden Robertson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing