Baydendan Yamanga qarshi hujumning qonuniyligini isbotlash talab qilindi

Olam

image

Bir qancha senatorlar AQSH Prezidenti Jo Baydenga maktub yo‘llab, Yamandagi husiylarga qarshi hujumlarni qonuniy asoslab berishini talab qildi. Bu haqda “Defense news” nashri xabar berdi.

Prezident Jo Baydenning Yaman husiylariga zarba berishga vakolati bor yoki yo‘qligiga qiziqayotgan rasmiylar soni ortib bormoqda. Jumladan, senator Tim Keyn va yana uch senator 23 yanvar kuni Prezidentga maktub yo‘llab, undan Kongressning harbiy ruxsatisiz qilingan so‘nggi zarbalar uchun strategik va huquqiy asosni taqdim etishini talab qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xat Keynning partiyadoshi, demokrat Kris Myorfi hamda respublikachilar Mayk Li va Todd Yang tomonidan imzolangan.

"Hozirda AQSHning Qizil dengiz yoki Yamandagi husiylarga qarshi harbiy harakatlari uchun Kongress ruxsati mavjud emas. Bu hujumlar bir martalik o‘zini-o‘zi mudofaa qilish chegarasidan chiqib ketdi. Agar Yamanga qarshi qandaydir hujum rejalashtirilayotgan bo‘lsa, buni Kongress ko‘rib chiqishi kerak”, degan senator Keyn Prezidentga yuborgan maktubida. 

Shuningdek, ushbu murojaatda kongress Amerika xodimlari va aktivlarini himoya qilish, husiylarning hujumlariga qarshi javob qaytarish va qo‘shimcha harbiy harakatlarning oldini olish bo‘yicha oqilona choralarni qo‘llab-quvvatlasa-da, hujumkor harbiy harakatlar amalga oshirilishidan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rilishi kerakligi qayd etilgan.

Milliy xavfsizlik kengashining nomini oshkor etishni istamagan vakilining ma’lumotlariga ko‘ra, agentlik bo‘lajak zarbalar mavzusida “spekulyatsiya” qilmoqchi emas, chunki husiylar o‘z hujumlarini “istalgan vaqtda” to‘xtatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 yanvar kuni Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan AQSH va Buyuk Britaniya harbiylari Yamandagi husiylar nishonlariga zarba bergandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yaman Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing