Baydendan Putingacha. Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan kimlar tabrikladi?
Jamiyat
−
01 Sentabr
21931O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro institutlar va mintaqaviy tashkilotlar, yetakchi korporatsiya va kompaniyalar rahbarlaridan, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevdan tortib Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III gacha ko‘plab dunyo mamlakatlari yetakchilari o‘zbek xalqini bayram bilan qutladi.
Tabrik yo‘llaganlar orasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, AQSH Prezidenti Jo Bayden, Turkman xalqining milliy yetakchisi hamda Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhammedov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhammedov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Italiya Prezidenti Serjo Mattarella, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vazir Narendra Modi, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III va boshqa davlat rahbarlari bor.