Bayden juftligi kelasi haftada emlanadi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden rafiqasi Jill bilan birgalikda koronavirusga qarshi emlanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN ga asoslanib xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, Bayden juftligi kelayotgan haftada emlanadi. 

Bayden jamoasining maslahatchisi Jen Psakining aytishicha, juftlik Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinaning birinchi dozasi bilan 21 dekabr kuni Delaver shtatida emlanadi. 

Shuningdek, AQSH vitse-prezidenti etib saylangan Kamola Xarris va uning eri ham kelasi haftada emlanadi. 

Ta’kidlanishicha, kecha, 18 dekabr kuni AQSHning amaldagi vitse-prezidenti Maykl Pens va uning rafiqasi Karen Pens matbuot oldida koronavirusga qarshi emlangan.

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp esa koronavirusga qarshi emlanishni hali rejalashtirmagan. 

Ma’lumot uchun, AQSHda koronavirusga chalinganlar 17,5 mlndan oshgan. 314 mingdan ko‘p bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Bayden

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing