Bayden Zelenskiy bilan suhbatda g‘azablanib ketdi – NBC

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan iyun oyida bo‘lgan suhbati chog‘ida g‘azablanib ketgan. Bunga Zelenskiy Amerika ma’muriyati rahbarining so‘zlarini to‘liq tinglamasdan, Kiyevga ko‘proq yordam so‘ragani sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda NBC telekanali manbalarga tayanib.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Bayden o‘sha suhbat davomida AQSH ma’muriyati Ukrainaga 1 milliard dollarlik harbiy yordam berishini aytishi bilanoq, Zelenskiy darhol Kiyevga qanday yordam kerakligi haqida gapira boshlagan. Shundan so‘ng Bayden o‘zini yo‘qotib qo‘ygan va Amerika xalqi “juda saxiy bo‘lganini” va AQSH harbiylari hamda ma’muriyati Kiyevga yordam berish uchun bor kuchini sarflayotganini aytgan. AQSH Prezidenti ovozini baland ko‘tarib, Ukraina Prezidentiga u “ko‘proq minnatdorlik bildirishi mumkinligini” aytgan.

Manbalarga ko‘ra, Baydenning Zelenskiyning xatti-harakatidan noroziligi 15 iyun kungi telefon qo‘ng‘irog‘idan bir necha hafta oldin kuchaygan. O‘shanda Bayden va uning ba’zi yordamchilari AQSH rasmiylari qo‘llaridan kelganini va imkon qadar tezroq qilishayotganini aytishgan, ammo Zelenskiy faqat “qilinmagan ishlarga”ga e’tibor qaratgan.

Ukraina Prezidenti jamoasi suhbatdan so‘ng “AQSH Prezidenti bilan mojaro samarasiz” degan qarorga kelib, taranglikni yumshatishga harakat qilishga qaror qilgan. Zelenskiy AQSHga yordam uchun ochiqchasiga minnatdorlik bildirib, natijada ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing