Bayden husiylarni “terrorchi guruh” deb hisoblashini aytdi
Olam
−
13 yanvar
4937AQSH Prezidenti Jo Bayden Yamandagi husiylarni “terrorchi guruh” deb bilishini aytdi. Bu haqda Amerika yetakchisi Pensilvaniyadagi korxonalardan biriga tashrifi chog‘ida so‘z ochdi.
Jurnalistlarning Yamandagi husiylar haqidagi savoliga Bayden: "Men ularni terrorchi guruh deb hisoblayman", deya javob berdi.
“Agar husiylar o‘zlarining shafqatsiz xatti-harakatlarida davom etsalar, biz ittifoqchilarimiz bilan ularga keskin javob qaytaramiz”, deya qo‘shimcha qilgan AQSH Prezidenti.
Bundan tashqari, u Qo‘shma Shtatlar aslida Eron bilan proksi urush olib bormayotganini ham qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilgacha husiylar harakatini Qo‘shma Shtatlar “terrorchi guruh” deb hisoblagan. Shu yilga kelib, Vashington gumanitar sabablarga ko‘ra – fuqarolar urushidan aziyat chekayotgan Yaman aholisi oziq-ovqat va yoqilg‘i ta’minotiga ega bo‘lishi uchun bu maqomni olib tashlaganini bildirgandi.
2023 yilning noyabr oyi o‘rtalarida Jo Bayden ma’muriyati Qizil dengizdagi kemalarga hujumlar kuchayishi fonida husiylarni “terrorchilar” deb qayta belgilash masalasini ko‘rib chiqayotganini e’lon qildi.
LiveBarchasi