Bayden yaqin muddat ichida muhim hujjat imzolaydi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kubada joylashgan AQSH harbiy-dengiz bazasining maxsus Guantanamo qamoqxonasini yopish uchun tekshiruv boshladi. Bu haqda "Reuters" manbalariga tayanib xabar bergan. 

Manbalarga ko‘ra, Bayden yaqin hafta yoki oylar ichida ob’ekt taqdirini ko‘rib chiqish uchun rasmiy hujjat imzolashi mumkin. 

Shu bilan birga, agentlikka ko‘ra, rasmiylarning tashabbusi qamoqxonaning darhol yopilishiga olib kelmaydi. 

Bayden o‘zining prezidentlik davrida muassasani yopmoqchi ekanini esa Oq uyning Matbuot kotibi Jen Psaki tasdiqlagan. 

"Bu, albatta, bizning maqsad va niyatimiz", degan Psaki. 

Guantanamo qamoqxonasi 2002 yilning yanvar oyida AQSH Prezidenti kichik Jorj Bush ma’muriyatining antiterror dasturi doirasida juda xavfli jinoyatchilarni hibsga olish muassasasi sifatida tashkil etilgan. 

Keyinchalik, AQSHning 44-Prezidenti Barak Obama muassasani yopish to‘g‘risida farmon imzolagan, ammo bu qaror uning o‘rnini egallagan Donald Tramp tomonidan bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Bayden

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing